SUMAYA Hotel – Samarqand shahrida joylashgan, ajoyib dam olishni ta’minlaydigan barcha zamonaviy qulayliklarga ega mehmonxona. SUMAYA mehmonxonasida 24 soatlik mehmonlarni qabul qilish xizmati, xona xizmati va bepul Wi-Fi mavjud. SUMAYA mehmonxonasining narxi odatiy Samarqand mehmonxonalar narxlari ichida ozgina farq qiladi.
Mehmonxonada mjizolarni aeroportdan olib kelish va aeroportga olib borib qo’yish xizmati, shuningdek, shaxsiy avtomobillari bilan tashrif buyurgan mijozlar uchun bepul avtoturargoh tashkil etilgan.
SUMAYA Hotel o’z mehmonlari uchun zamonaviy, qulay va chiroyli mebellar bilan jihozlangan standart, yuqori darajadagi xonalar va lyuks xonalarni taklif etadi. Xonalar yaxshi dam olish uchun zarur bo’lgan barcha narsalar bilan jihozlangan. Har bir xonada mahalliy va xalqaro telekanallarni ko’rish uchun televizor, konditsioner va javon mavjud. Lyuks xonalarda minibar bor. Hammom standart kosmetika to’plami bilan ta’minlangan.
Sumaya mehmonxonasida har bir mehmonga individual yondoshishni ta’minlaydigan haqiqiy mutaxassislar ishlaydi. Mehmonxona individual dam olish uchun ham, ish uchrashuvlari uchun ham mukammal jihozlangan.
Restoranda mehmonlar uchun mazzali milliy va yevropa taomlari tayyorlanadi.
Check In | 12:00 AM |
---|---|
Check Out | 12:00 AM |
Leave a Reply