Hazrati Dovud ziyoratgohi Samarqanddan 40 km masofada joylashgan juda qiziqarli va tarixiy maskan bo‘lib, u yerga har yili yuzlab insonlar ziyorat qilish uchun tashrif buyuradi. Arab talqinida shoh Dovud Isroilni bir necha yil boshqaruvidan so‘ng Hudo tomonidan yakka Hudolikni targ‘ib qilish uchun Osiyoga yuboriladi. Topshiriqni bajarish vaqti Hazrati Dovud Allohga sig‘inib, zardushtlar, ya’ni otashparastlar g‘azabiga uchraydi va ulardan qochib, tog‘dagi toshni surib, g‘or ichiga g‘oyib bo‘ladi. Qo‘lida tosh va temirlarni erita olish xususiyatiga ko‘ra Hazrati Dovudni pir, temirlar homiysi deb tan olishgan. Boshqa afsonaga ko‘ra esa, ushbu qobiliyati uchun Samarqand hukmdori Dovudni o‘ziga bo‘ysundirib, faqat Hukmdor uchun ishlashiga majburlashga qaror qiladi. Yahudiylar shohi Samarqandda temirlar homiysi va mahalliy aholi piriga aylanganligi hech kimga ma’lum emas, lekin bu joy mahalliy aholi tomonidan qadrlanib kelinadi..

Niyatlar ro’yobi

Aytishlaricha, bu muqaddas joyda qilingan eng ezgu niyatlar amalga oshar ekan. Tosh qoyalarda Hazrati Dovudning kaft izlari bor, shunchaki uning ustiga kaftni qo‘yib, niyatni tilasa bo‘ldi, u albatta ro‘yobga chiqadi. Har birimiz zamonaviy odammiz va ertaklardan ancha yiroqmiz, shunday bo‘lsa-da, biz u yerda eng ezgu niyatlari ro‘yobga chiqqan biz kabi zamonaviy bo’lgan odamlarni uchratdik va ular o‘z hikoyalari haqida biz bilan o‘rtoqlashishdi. Aytishlaricha, aynan Hazrati Dovud ayniqsa farzandsizlikdan noumid bo‘lgan ayollarga yordam berar ekan. Shu sababli, g‘orga kiraverishda mo’jizaga umid qilib, tog‘ga ko‘tarilayogan yangi oila juftliklarini ko‘rish mumkin. Ko‘pchilik bu yerga kelib, bir necha kun yotib ham qolishadi.

G‘orga yetib borish uchun 2500 zina-poyani bosib o‘tish zarur, o‘z manzillariga yetib borishlari uchun ziyoratchilarga ot va eshaklar yordamida borishni taklif qilishadi. Faqatgina eng bardoshlilargina bu yo‘lni piyoda yengib o‘tishadi. Tog‘ cho‘qqisida Hazrati Dovudning kichkinagina masjidi bor bo‘lib, u yerda suralar o‘quvchi mulla o‘tiradi.

Ushbu afsonaviy maskanga borib, u yerni o’z ko’zingiz bilan ko’rishingizni tavsiya qilib qolamiz.

Shoshiling, biz bilan Hazrati Dovud ziyoratgohiga sahohat uyushtiring! Biz qulay narx, xavfsizlik, qulayliklar va qolgan barchasi bilan sizni ta’minlaymiz.
Biz bilan birga bo’ling!

Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)