Sim Sim Buxoro mehmonxonasi Buxoro shahrida joylashgan bo’lib, Buxoro mehmonxonalari ichida o’zining zamonaviyligi va mehmonlarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatishligi bilan ajralib turadi. Mehmonxonada bepul Wi-fi, 24 soatlik mehmonlarni qabul qilish xizmati va xona xizmati mavjud.
Mehmonxona xodimlari yuqori malakali, samimiy va diqqatlidirlar. Ular mehmonlarning xohish istaklaridan kelib chiqqan holda, ular uchun barcha qulayliklarni va sharoitlarni yaratib beradilar.
Mehmonxonaning barcha xonalari to’shak, mahalliy va xalqaro telekanallarni ko’rish uchun televizor, ish stoli, konditsioner, javon va yana boshqa mehmonlar uchun kerak bo’ladigan hamma jihozlar bilan ta’minlangan.
Chekuvchilar uchun alohida xona bor. Shuningdek, u yerda oilaviy xonalar ham mavjud. Mehmonxona hududida do’konlar va mini do’konlar ish yuritadi.
Mehmonxonada Sim Sim restoranti joylashgan bo’lib, u yerda mehmonlar uchun mazzali va tansiq bo’lgan milliy ovqatlarimizni tayyorlashadi.
Kirish | 12:00 PM |
---|---|
Tekshirish | 12:00 PM |
Leave a Reply