Afsona mehmonxonasi – qadimiy Qarshi shahrining markazida joylashgan bo’lib, Qarshi mehmonxonalari orasida zamonaviy mehmonxonalardan biri hisoblanadi. Afsona mehmonxonasida mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Mehmonxona xodimlari yuqori malakali bo’lib, o’ta diqqatli va samimiydirlar. Ular mijozlar istagan barcha qulayliklarni yaratib beradilar.
Afsona mehmonxonasida 40 ta xona mavjud bo’lib, ularning hammasi mahalliy va xalqaro telekanallarni ko’rish uchun televizor, konditsioner va telefon, javon va barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.
Mehmonxonadagi yuqori sifatli xizmat ko’rsatuvchi restoran mehmonlarga do’stlari va oila a’zolari bilan yaxshi vaqt o’tkazishlariga yordam beradi. Menyuda yuqori malakali oshpazlar katta zavq bilan tayyorlaydigan Yevropa va Sharq oshxonalarining ajoyib taomlari, ko’plab salatlar mavjud.
Kirish | 2:15 PM |
---|---|
Tekshirish | 2:15 PM |
Leave a Reply