Arba Mehmonxonasi Samarqand mehmonxonalari orasidagi eng shinam va zamonaviy mehmonxonalardan biri hisoblanadi.Mehmonxona ko’pgina diqqatga sazovor joylar, do’konlar, restoran va kafelar joylashgan shahar markazidan joy olgan.
Mehmonxona ichki qismi klassik yevropa uslubida jihozlangan, xonalar konditsioner, sun’iy yo’ldosh kanallari ulangan televizor va muzlatkich bilan ta’minlangan. Mehmonxona xodimlari yuqori malakali, ehtiyotkor va muloyim.
Mehmonlar qulayligi uchun mavjud Eski Arba restorani yevropa va sharq taomlari shu bilan birga “Bedana Do’lma” kabi maxsus taomlarini taklif etadi. Mehmonxona hududida bepul Wi-Fi internet tarmog’i mavjud.
Mehmonxona dizayni ustida eng iqtidorli ustalar ishlagan: mehmonxonaning tashqi ko’rinishi XX asr boshlarini eslatuvchi, g’ishtlar terib chiqilgan, sodda naqshlar bilan bezatilgandir. Asosiy zalga kiraverishda esa mehmonxonaning tashqi ko’rinishi shunchaki kitobning muqovasi ekanligi, eng qizig’i hali ichkarida ekanligiga isbot bo’la oladi.
Xonalar hashamdorlikdan yiroqda bo’lib, haddan ortiq e’tibor tortmaslik va shunchaki hotirjam dam olishga mo’ljallangan.
Mehmonxona xalqaro aeroportdan 15 daqiqalik, temiryo’l vokzalidan esa 8 minutlik masofada joylashgan.
Kirish | 12:00 AM |
---|---|
Tekshirish | 12:00 AM |
Leave a Reply